Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoydan kelgan fuqarolar qanday sharoitlarda yashamoqda? (foto)

Xitoydan kelgan fuqarolar qanday sharoitlarda yashamoqda? (foto)

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Xitoydan uchta charter reys orqali yurtimizga olib kelingan fuqarolar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, 14 kun davomi (kasallikning yashirin davri)da tibbiy kuzatuvga olish maqsadida maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirilgan edi.

«Bo‘ston» sanatoriysiga joriy yil 4-fevral kuni Xitoyning Pekin shahridan olib kelingan 250 nafar fuqaro joylashtirildi. Mazkur tadbirlarga tegishli tartibda kasbiy tayyorgarlikdan o‘tkazilgan sohaning yetakchi va tajribali mutaxassislari jalb etildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Muassasada barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan, o‘rin-joylar, oziq-ovqatlar, zarur dori-darmonlar, diagnostika, dezinfeksiya, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlangan. Kelgan fuqarolarning kiyimlarini sifatli yuvish uchun kirxona, tibbiy anjomlarni sterilizatsiyadan o‘tkazish uchun alohida punkt va avtotransportlar uchun dezinfeksiya maydoni va dezinfeksion vositalar zaxirasi yaratilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Darhaqiqat, tibbiy kuzatuvdagi fuqarolarimizning termometriyadan o‘tkazish, niqoblarni o‘z vaqtida almashtirish va xonalarni shamollatish hamda namli tozalash ishlarini o‘tkazilishi malakali epidemiologlar tomonidan nazoratga olingan. Yuqumli kasalliklar shifokorlari tomonidan ikki mahal tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda.

Koronavirus infeksiyasining yurtimizga kirib kelishining oldini olish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, Xitoy bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatilgan. Koronavirus infeksiyasi qayd etilgan davlatlardan kelayotgan yo‘lovchilar 12 ta aeroport, 5 ta temir yo‘l hamda davlat chegaralarini kesib o‘tish joylaridagi 53 ta Sanitariya karantin punktlarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring