Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy O‘zbekistonga yangi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Xitoy O‘zbekistonga yangi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Xitoyning «Zhejiang Loong Airlines Co. Ltd» aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni bajarish uchun ruxsat oldi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi hukumati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitimga asosan «Zhejiang Loong Airlines Co., Ltd» aviakompaniyasiga «Sian – Toshkent – Sian» yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshiradi.

«Zhejiang Loong Airlines Co.,Ltd» aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun Airbus A-320 samolyotlarini e’lon qildi.

Dastlabki bosqichda aviakompaniya ushbu yo‘nalishda haftasiga 2 marta parvozlar amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Zhejang Loong Airlines Co.Ltd.» aviakompaniyasi joriy yilning 27 sentyabr kuni «Sian – Toshkent – Sian» yo‘nalishi bo‘ylab mamlakatimizga ilk charter reysini amalga oshirgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring