Xayrullo Bozorovga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Namangan viloyat hokimining 2020-yil 4-iyundagi 298-sonli qaroriga asosan, Yusupov Tolib Maxmudjanovich viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Tolib Yusupov 1978-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1999-yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini, 2009-yilda shu institut magistraturasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1997-yilda «Do‘stlik-N» savdo-ishlab chiqarish markazida hisobchilikdan boshlagan. 2000-2010-yillarda viloyatda moliya tizimida turli vazifalarda ishlagan. 2010-2014-yillarda viloyat bo‘yicha G‘aznachilik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2014-2015-yillarda Namangan shahar moliya bo‘limi boshlig‘i, 2015-2017-yillarda viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2017-yildan hozirgacha Namangan viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, Namangan viloyat hokimining sobiq birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamolov avvalroq Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter