O‘zbekistonda xavfli xamirturushlar sotilayotgani aniqlandi
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga «Central Asia Distribution» MChJning rasmiy vakili – distribyutori murojaat qilib, respublika hududida «Angel Drojji xlebopekarnie suxiye aktivnie», «Angel razrixlitel testa», «Angel Drojji xlebopekarnie suxiye instantnie» va «Droja Baker Dream» savdo belgisi ostidagi mahsulotlarning qalbakilashtirilgan nusxalari sotilayotganligini ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Agentlik axborot xizmati.
Hududlarda joylashgan bozorlar va savdo do‘konlarida kontrafakt xamirturush mahsulotlarini aniqlash yuzasidan Agentlikning hududiy tuzilmalari tomonidan 64 ta monitoring kuzatuvlari amalga oshirildi. Natijada, Agentlik tomonidan 54 ta holatda (85 foizida) savdo va xizmat ko‘rsatish joylarida mahsulotlarning mavjud holatlarda uning yuridik shaxs nomi va savdo shoxobcha joyi qayd etilib, mutasaddi tashkilotlarga zarur choralarni ko‘rish uchun ma’lumotnoma yuborildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter