Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori O‘zbekistonga keladi

Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori O‘zbekistonga keladi

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati

Jenevada (Shveysariya) bo‘lib o‘tayotgan 107-Xalqaro mehnat konferensiyasi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder bilan uchrashdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda janob Rayder O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligi va samaradorligiga alohida to‘xtaldi. Respublikada bolalar va majburiy mehnatga to‘liq barham berish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni alohida qayd etdi. Janob Rayder Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida aholini munosib, to‘liq va samarali mehnat qilish tamoyillarini targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida XMT Bosh direktori O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovning taklifiga binoan O‘zbekistonga tashrif buyurishini ta’kidladi. G.Rayder dekabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xalqaro mehnat konferensiyasi doirasida mamlakatimizga tashrif buyurishni rejalashtirgan.

107-Xalqaro mehnat konferensiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida bosh vazir o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norbayeva, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.Qudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov va Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisining o‘rinbosari B.Maxmadaliyev ishtirok etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring