Xalq qabulxonalariga eng ko‘p qaysi masala bo‘yicha murojaatlar tushgani aytildi
![Xalq qabulxonalariga eng ko‘p qaysi masala bo‘yicha murojaatlar tushgani aytildi](https://static.xabaruz.com/crop/1/2/720_460_95_1252643358.jpg)
2021-yilning 12-oyi davomida Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga 1 mln. 600 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi.
Bu bir oyda o‘rtacha 133 ming, kuniga o‘rtacha 4,4 mingdan ziyod murojaat deganidir. Tahlillarga ko‘ra, murojaatlarning 53 foizi yoki 865 mingtasi ijobiy hal etilgan.
Tushgan murojaatlar orasida ijtimoiy nafaqalar masalasi yetakchilik qilgan – 190 mingta murojaat. Ish bilan ta’minlash yo‘nalishida 96 mingta, majburiy ijro faoliyati, aliment va qarz summalarini undirish – 94 mingta, bank kreditlari – 77 mingta, uy-joy bilan ta’minlash – 68 mingta murojaat tushgan. Shuningdek, gaz, elektr energiyasi ta’minoti, ichimlik suvi ta’minoti va mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq masalalar yetakchi mavzular bo‘ldi.
Eng ko‘p murojaatlar Qashqadaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi – 197 mingta. Surxondaryo viloyatidan 181 mingta murojaat kelib tushgan. Toshkent shahridan esa 165 mingta murojaat qabul qilingan.
Shuningdek, Toshkent (155 ming), Samarqand (150 ming) va Farg‘ona (145 ming) viloyatlaridan ham ko‘plab murojaatlar yo‘llangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter