Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki raisi Jizzax va Samarqandda sayyor qabullar o‘tkazdi

Xalq banki raisi Jizzax va Samarqandda sayyor qabullar o‘tkazdi

Foto: Xalq banki axborot xizmati

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisi Murodilla Eshmatov ishtirokida Jizzax va Samarqand viloyatlarida aholi hamda tadbirkorlik sub’yektlari bilan sayyor uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.

15-avgust kuni Forish tumanidagi sayyor qabulda hudud aholisi va tadbirkorlarning bir qator muammoli masalalari, taklif va mulohazalari tinglandi hamda fuqarolarning murojaatlari ijobiy tomonga hal qilindi. Jumladan, Xalq bankining Forish filiali mijozi «Normamat matlubot savdo» MChJ rahbari ta’minotchi sifatida har bir oila tadbirkor dasturi doirasida aholiga tikuv mashinalari yetkazib berilgan.

Foto: Xalq banki axborot xizmati

«Kitob ilmi ziyo» rahbari «Yoshlar kelajagimiz dasturi» orqali 600 mln. so‘m kredit olishi, «Asal suvi» MChJ rahbari «Har bir oila tadbirkor dasturi» orqali zamonaviy muzlatgich uchun 450 mln. so‘m kredit olishi, fuqaro Qayumov Ulug‘bek «Har bir oila tadbirkor dasturi» orqali issiqxona qurish uchun 200 mln. so‘m kredit mablag‘i olishi kabi 20ga yaqin murojaatlar 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Foto: Xalq banki axborot xizmati

Uchrashuv davomida boshqaruv raisi Xalq banki tomonidan Forish tumanida 50 o‘rinli bog‘cha qurib berish tashabbusini bildirdi.

Foto: Xalq banki axborot xizmati

16 avgust kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida o‘tgan uchrashuvda 100 ga yaqin tadbirkor va fuqarolar o‘zlarining muammo va takliflari bilan ishtirok etib, unda hudud aholisi va tadbirkorlarning bir qator muammoli masalalari, taklif va mulohazalari tinglandi hamda fuqarolarning murojaatlari ijobiy tomonga hal qilindi.

Jumladan, sayyor yig‘ilishda fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining 22 dan ortiq masala, taklif va mulohozalari tinglanib, 2 ta murojaatlar joyida o‘z yechimini topdi, 12 ta murojaatlar buyicha tadbirkorlarga tushintirish ishlari berildi. Shuningdek, kolgan 8 ta murojaatlarning ijrosi bo‘yicha tegishli mas’ul xodimlarga qisqa muddatlarda ijobiy yechimini topishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv davomida qonunchilikda tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyozlar, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, uni rivojlantirish uchun bank kreditlari ajratilishi tartibi haqida ma’lumotlar berildi.

Sayyor qabullar boshqa hududlarda ham davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring