Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xabar.uz» muxbiri «Oltin qalam» mukofotini qo‘lga kiritdi

«Xabar.uz» muxbiri «Oltin qalam» mukofotini qo‘lga kiritdi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 3 may kuni «Turkiston» saroyida jurnalistika sohasida yuksak mukofot – «Oltin qalam» XIV Milliy mukofoti g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning internet-jurnalistika yo‘nalishida eng yaxshi jurnalistik materiallari uchun «Xabar.uz» muxbiri Barno Sultonova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Foto: «Xabar.uz»

G‘oliblar bilan tanishing:

Jurnalistika sohasida Bosh milliy mukofot

Xalqaro Press-klub (rahbari Sherzodxon Qudratxo‘jayev) va «O‘zbekiston-24» teleradiokanali (direktor Madamin Safarov)

Asosiy nominatsiyalar:

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (televideniye)

1-o‘rin –  «Mening yurtim» telekanalining «Markaziy studiya» axborot-tahliliy ko‘rsatuvi (muallif va boshlovchilar: S.Bahodirov, A.Po‘latov)

2-o‘rin – «O‘zbekiston» telekanalining «Munosabat» ko‘rsatuvi (mualliflar: Quddus A’zamov, Nurali Oripov)

3-o‘rin – Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Xabarlar» informatsion dasturi ijodiy jamoasi (guruh rahbari: Venera Sariyeva)

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (radio)

1-o‘rin – Nargiza Kamolova , «Yoshlar» teleradiokanali bosh muharriri

2-o‘rin – Avaz Igamberdiyev, «Ruxsor FM» radiosi bosh muharriri

3-o‘rin – Feruza O‘ktamova, Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi birinchi toifali muharriri

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (matbuot)

1-o‘rin – «Jahon adabiyoti» jurnali (bosh muharrir Ahmadjon Meliboyev); «Ishonch» va «Ishonch doveriya» gazetalari (bosh muharrir H.Ermatov)

2-o‘rin – «Kitob dunyosi» gazetasi tahririyati (bosh muharrir X.Rustamova)

3-o‘rin – Moroz Yuliana, «Pravda vostoka» gazetasi muxbiri

Foto: «Xabar.uz»

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (internet)

1-o‘rin –  Barno Sultonova, xabar.uz

2-o‘rin – Kumar Begniyazova, kar24.uz

3-o‘rin – Sayyora Shoyeva, O‘zA

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar uchun nominatsiyalar

Chet ellik jurnalistning O‘zbekistondagi eng yaxshi materiali uchun – Jereme Xed, jurnalist va teleboshlovchi (Buyuk Britaniya)

Mehnat munosabatlarini yoritishdagi eng yaxshi material — «Ma’rifat» gazetasi muxbiri Xayriddinmurod Abulfayziyev

Ijtimoiy sheriklik mavzusidagi eng yaxshi material uchun — «Hurriyat» gazetasi xodimi Jobir Xo‘jaqulov

Inson huquqlari to‘g‘risidagi eng yaxshi material uchun – Sanjar Eshmurodov («Mahalla» gazetasi muxbiri)

Eng yaxshi fotoreportaj uchun – Hakim Yo‘ldoshev («Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari fotomuxbiri)

Eng yaxshi matbuot xizmati – O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati (rahbari – Furqat Sanayev)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring