Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik o‘qituvchilarga o‘t yuldirganlarni tekshirmoqda

Vazirlik o‘qituvchilarga o‘t yuldirganlarni tekshirmoqda

Xabar.uz

Xalq ta’limi vazirligi Toshkent shahridagi 218-maktab o‘qituvchilari majburiy mehnatga jalb etilgani haqidagi xabarni o‘rganmoqda.

Vazirlikning Huquqiy-nazorat xizmati xodimlari mazkur ma’lumotni o‘rganib chiqadi va qonunchilik doirasida ushbu holatga yo‘l qo‘yganlarga chora ko‘radi.

Toshkentdagi 218-maktabda o‘qituvchilar 29-iyul kuni ertalabdan o‘t yuldirishga majburlangani haqida avval xabar bergandik.

Prezidentning 2018-yil 14-avgustdagi qarori 16-bandiga ko‘ra, xalq ta’limi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, majburiy mehnatga, shu jumladan, tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari, shuningdek, boshqa turdagi ishlarga jalb qilish qat’iyan taqiqlangan.

Mazkur bandga ko‘ra, Bosh prokuratura Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda pedagog xodimlarning huquq va erkinliklarini cheklash holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini muntazam nazorat qiladi va aybdorlarni javobgarlikka tortadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring