Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlar Mahkamasi xodimi Ishtixonga hokim bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasi xodimi Ishtixonga hokim bo‘ldi

Foto: Samarqand viloyati hokimligi.

Ishtixon tumanida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Ishtixon tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Shuhrat Negmatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Fazliddin Ro‘ziyev nomzodi Ishtixon tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Mazkur tayinlovga qadar F.Ro‘ziyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahalliy sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Qo‘shrabot tumani hokimi ham almashgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring