Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iz mulozimi nega O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziriga qo‘l uzatmaganini izohladi

Qirg‘iz mulozimi nega O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziriga qo‘l uzatmaganini izohladi

Qirg‘iz Respublikasi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vaziri Alimqodir Beyshenaliyev hujjatlarni almashish rasmiy marosimida nima uchun O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev bilan qo‘l berib ko‘rishmaganiga izoh berdi.

Alimqodir Beyshenaliyev 11-12 mart kunlari prezident Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan delegatsiya tarkibida edi.

«Protokolga ko‘ra, faqat shartnomalarni almashish zarur edi. Barcha vazirlar qo‘l berib ko‘rishmagandi, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri buni unutganga o‘xshaydi. O‘z navbatida, men bu mumkin emasligini aytdim va qo‘limni uzatmadim», – dedi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring