Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir Toshkent havosi bo‘yicha axborot beradi

Vazir Toshkent havosi bo‘yicha axborot beradi

Foto: Xabar.uz

Vazir Aziz Abduhakimov Toshkent havosi ifloslanishi bo‘yicha axborot beradi.

Bugun Qonunchilik palatasidagi fraksiyalar yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Unda qator masalalar ko‘rib chiqilgan.

Ekopartiya fraksiyasi a’zosi Mohira Xodjayevaning ma’lum qilishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimovning «Toshkent shahrining atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risida»gi axboroti Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida eshitilish uchun fraksiyalar kun tartibiga kiritilgan.

Deputatlar keyingi vaqtlarda Toshkent havosi ifloslanishi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani, ushbu holatni oldini olishda qanday ishlar amalga oshirilayotganini bilish zarurligini ta’kidlab o‘tishdi.

Qonunchilik palatasining bugun kunning ikkinchi qismida o‘tkazilgan Kengash yig‘ilishida ushbu masalani atroflicha o‘rganish bo‘yicha qo‘mitaga topshiriq berildi.

Avvalroq Ekologiya vazirligi Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishiga qanday omillar ta’sir etayotganini ma’lum qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring