Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir o‘rinbosari Toshkent shahar hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

Vazir o‘rinbosari Toshkent shahar hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

Suratda o‘ngda

Foto: «Ozodagon»

Kecha, 15-may kuni Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu yig‘ilishda Oripov Qahramon Tursunovich Toshkent shahar hokimining Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Q.Oripov O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Ma’lumot uchun, Q.Oripov 1968-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent moliya institutini 1995-yilda tamomlagan.

U 2007-2016-yillarda «Asaka» davlat-aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi, 2017-2018-yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring