Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vakolat — Investitsiyalar vazirligiga, nazorat — Davlat bojxona qo‘mitasiga...

Vakolat — Investitsiyalar vazirligiga, nazorat — Davlat bojxona qo‘mitasiga...

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda sanoat zonalariga loyihani joylashtirish tartibi qayta ko‘rib chiqilib, byurokratiyadan xoli yangi tizim yaratilishi ta’kidlandi. Jumladan:

  • erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshiriladigan loyihalarni ekspertiza qilish vakolati Investitsiyalar vazirligiga o‘tkaziladi;
  • sanoat zonalari bo‘yicha ma’muriy kengashlar tugatilib, ularning vakolatlari Investitsiyalar vazirligiga beriladi;
  • sanoat zonalari ishtirokchilariga imtiyozlarni qo‘llash uchun Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazining xulosasini olish tartibi bekor qilinadi. Bundan buyon nazoratni Davlat bojxona qo‘mitasi amalga oshiradi;
  • sanoat zonalaridagi yerlar auksionga direksiyalar tomonidan chiqariladi (hozirda hokimlik tomonidan auksionga qo‘yiladi);
  • investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilganidan keyin kichik sanoat zonalaridagi ob’yektlarni xususiylashtirishga ruxsat beriladi.

Bularning hisobiga, sanoat zonalariga loyihalarni joylashtirish jarayonidagi bosqichlar amaldagi 5 tadan 2 taga kamayadi, sarf qilinadigan vaqt 3 oydan 1 oygacha qisqaradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring