Uzoq umr ko‘rish: Ispaniya Yaponiyani ortda qoldiradi
2040-yilga borib eng uzoq umr ko‘ruvchi aholiga ega Ispaniya Yaponiyaning o‘rnini egallashi mumkin, deya xabar bermoqda Avstriyaning «Kurier» nashri. «The Lancet» ilmiy jurnali yozishicha, ushbu Pireney yarimoroli mamlakatida o‘rtacha umr ko‘rish davriyligi 85,8 yilga yetadi.
Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, eng uzoq umr ko‘ruvchi odamlar yashovchi mamlakatlar yetakchi o‘nligiga 2040-yilda, shuningdek, Singapur, Shveysariya, Portugaliya, Italiya, Isroil, Fransiya, Lyuksemburg va Avstraliya kirishi kutilmoqda.
2016-yilgi reytingga solishtirganda, AQSh 43-o‘rindan 64-o‘ringa (79,8 yosh) tushadi, Xitoy esa aksincha, 68-o‘rindan 39 o‘ringa (81,9 yosh) ko‘tariladi.
Reytingning oxirida MAR, Lesoto, Somali, Zimbabve kabi Afrika mamlakatlari joy oldi, ularda o‘rtacha umr ko‘rish 65 yoshdan past.
Tadqiqot davomida olimlar 190 mamlakatdagi o‘limga olib keluvchi 250 sababni o‘rganishdi.
Yuqori qon bosimi, semirish, qondagi qand miqdori yuqoriligi, tamaki va alkogol bevaqt o‘limga olib keluvchi eng jiddiy omillar sifatida qayd etildi.
Dunyoning yosh xaritasi (2040-yil uchun)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter