«Uzbekistan Airways» Urganchdan Aktauga qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
Joriy yilning 29-may kunidan boshlab, haftaning chorshanba va shanba kunlari «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Urganch shahridan Qozog‘istonning Aktau shahriga doimiy qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, Urganch – Aktau parvoz chiptasi narxi: 1 099 000 so‘mdan, Urganch – Aktau – Urganch aviachiptasi narxi: 1 880 000 so‘mdan boshlab narhlar belgilangan.
Shuningdek, Toshkent – Urganch – Aktau va qaytish yo‘nalishida qulay ulanishlar mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter