«Uzbekistan Airways» Qozog‘istonning Oqtov shahriga parvozlarni bekor qildi
Qozog‘istonning Oqtov xalqaro aeroporti xalqaro parvozlarni qabul qilishni va amalga oshirishni yopganligi munosabati bilan, 2022-yil 5-yanvar kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY-9725/9726 Urganch – Oqtov – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlari bekor qilindi.
«Ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshirish kunlari haqidagi qo‘shimcha ma’lumot keyinroq taqdim etiladi.
Yo‘lovchilar 5 yanvar kuniga Oqtovga bekor bo‘lgan parvozlar aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar. To‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz», deyiladi «Uzbekistan Airways» xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda suyultirilgan gaz narxining oshirilishi ortidan namoyishlar bo‘lib o‘tdi. So‘ng, mamlakat prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev namoyishchilarga murojaat qildi. Biroz vaqtdan so‘ng Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqarildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter