Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uyat!» — Ilya Varlamov «lyuks» kupelarimizdan sharmandali video tayyorladi

«Uyat!» — Ilya Varlamov «lyuks» kupelarimizdan sharmandali video tayyorladi

Bloger Ilya Varlamov poyezdlarimizdan biriga chiqib, «lyuks» kupelarimizdan video olibdi. Soha egalarini bilmadim-u, men juda uyaldim! — deb yozadi Shahnoza Soatova.

Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan «lyuks» xonaning narxi 100 dollar ekan. Unda yuvinadigan joy, xojatxona bor deyilganiga qiziqib xorijlik bloger bilet sotib olgan. Ammo unda na yuvinadigan joyi ishlaydi, na xojatxonasi tozalangan. «Ishlamasa nega «lyuks» ro‘yxatiga kiritildi? Nega men u uchun pul to‘ladim», deb qiziqadi xorijlik sayohatchi.

«Bu poyezdning egasi O‘zbekistonni va o‘zbeklarni noqulay holatga qo‘yyapti. O‘zbeklar toza xalq, lekin temir yo‘llari ularni sharmanda qilyapti. Bu poyezdning egasiga hayfsan beradilar deb umid qilaman», deyi Varlamov.

«Temir yo‘llar monopoliyamizning beti boshqa monopoliyamiznikidan battar shekilli. 300 km uchun 100 dollar olib, dushi ishlamaydigan, iflos, unitazlarida peshob qoldiqlari oqib yotgan bir kupeni beryapti ekan. Odamlar indamas ekan deb, indasa ham bizdan boshqa tanlov yo‘q deb, shunchalikka borish mumkinmi? Ichki turizmni rivojlantiramiz deb necha qarorlar chiqmasin, uzoqqa qatnovchi transport yetarli darajada va sifatda bo‘lmasa, hech qanday ichki turizm rivojlanmaydi», deb yozadi Shahnoza Soatova.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring