Uy-joy qurishga yer berishning yangi tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish va yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Nizomga ko‘ra endilikda, yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini olish endilikda «E-IJRO AUKSION»da elektron auksionlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Quyidagilarga yer uchastkalari 0,04 gektargacha auksionsiz ariza asosida beriladi:
- halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalariga;
- davlat va xususiy uy-joy fondidagi o‘zlari egallab turgan uy-joyni tuman hokimliklariga o‘tkazayotgan fuqarolar va mulkdorlarga.
Ariza tuman (shahar) hokimligiga beriladi hamda komissiya tomonidan o‘n kunda ko‘rib chiqiladi.
Komissiya ijobiy xulosa chiqarsa hokim yer uchastkasi berish haqida bir kunda qaror qabul qiladi hamda uch kunda yer uchastkasi chegaralari o‘lchab beriladi.
Yer uchastkalarini auksion orqali olishda, auksionlar o‘tkazilishi haqidagi xabarnomalar 30 kun oldin «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi»ning veb-portalida joylashtiriladi.
Auksionda ishtirok etishga buyurtmanomalar xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab veb-portalda avtomatik tarzda boshlanadi va auksionni o‘tkazish kunidan ikki ish kuni oldin (soat 13-00 da) yakunlanadi.
Auksion ish kuni mobaynida soat 9:00 dan soat 18:00 gacha o‘tkaziladi.
Boshlang‘ich narx sifatida auksion ob’yektining minimal qiymatiga teng narx belgilanadi.
Auksion quyidagi holatlarda o‘tkazilmagan deb hisoblanadi:
- auksionda ishtirok etish uchun ikkitadan kam ishtirokchi qo‘yilgan bo‘lsa;
- auksionning birorta ishtirokchisi yer uchastkasini auksion jarayonida taklif etilgan narxda sotib olish istagini bildirmagan bo‘lsa;
- auksion g‘olibi va lotni sotib olish taklif etilgan oxiridan oldingi stavkani qo‘ygan ishtirokchi uning bahosini belgilangan muddatda to‘liq to‘lamasa.
- Auksion g‘olibi auksion yakunlangan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay yer uchastkasining pulini to‘lashi kerak.
Belgilangan muddatda pul to‘lanmasa auksion natijasi bekor qilinadi hamda g‘olibdan keyin yer uchastkasining narxi bo‘yicha eng yuqori stavkani qo‘ygan auksion ishtirokchisiga yer uchastkasini olish haqida taklif yuboriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter