Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ushbu haftada ob-havo qanday bo‘lishi mumkinligi aytildi

Ushbu haftada ob-havo qanday bo‘lishi mumkinligi aytildi

Foto:«Xabar.uz»

Gidrometeorologiya xizmati boshlangan haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoni yoz oylarining o‘rtasi uchun o‘rtacha ko‘p yiliik qiymatlarga yaqin bo‘lgan havo harorati bilan past bosimli maydon aniqlaydi.

Havo harorati kechalari 18-23o, kunduz kunlari 32-37o, janubda 40-42o gachani tashkil etadi.

Respublika hududining katta qismida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim kunlarda O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, shuningdek 13 iyulda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

13-15-iyulda respublikaning ayrim hududlarida shamolning tezligi 15-20 m/s gacha mahalliy kuchayishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring