Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urush qatnashchilari o‘zlari jang qilgan mamlakatlarga bepul borishi mumkin

Urush qatnashchilari o‘zlari jang qilgan mamlakatlarga bepul borishi mumkin

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 16-aprel kuni «Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA saytida berilgan.

Unga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish maqsadida tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, harbiy qismlar vakillari biriktirilib, ushbu toifadagi shaxslarni qutlash va xushnud etish maqsadida ularning yashash joyiga rahbarlarning tashrifi tashkil etiladi.

Yolg‘iz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joyi va uy xo‘jaliklarini ta’mirlanib, obodonlashtiriladi.

Shuningdek, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining istaklari asosida ular o‘zlari jang qilgan mamlakatlarga bir nafar kuzatuvchi bilan borishi mumkin. Ushbu safar bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan qoplanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring