Urgutdagi tarixiy yodgorliklarga ziyon yetkazilgani aniqlandi
Urgut tumani «Mingtepa» mahallasida joylashgan «To‘lqirtepa-1» arxeologiya yodgorligining 163 m3 hajmdagi yer maydoni maxsus texnika yordamida kovlab olinib, tarixiy ob’yektga juda ko‘p miqdorda 4 mlrd. so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, ushbu tumanning «Quyiqishloq» mahallasida joylashgan o‘rta asrlarga oid «Teshiktepa», «Dehqonobod» mahallasidagi «Qulqishloqtepa-2» va «Ogahiy» mahallasidagi «Mozortepa» arxeologiya ob’yektlari qisman buzilishi oqibatida jami 5 mlrd. so‘m zarar yetkazilgan.
Tekshirishlar natijasiga ko‘ra jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan og‘ir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nissbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter