Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urganch hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Urganch hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Urganch shahar hokimiga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Urganch shahar hokimligi Axborot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021-yil 6-apreldagi rozilik xati bilan O‘zbekiston Respublikasi «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risidagi» qonunning 21 va 24 moddalariga muvofiq, Babajonov Nodirbek Bahodirovich Urganch shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Babajonov Nodirbek Bahodirovich

N.Babajonov bungacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining «Qurilish birlashmasi» boshqarmasida ish boshqaruvchi lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Kenjayev Qahramon Rustamovich Urganch shahar hokimining o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Kenjayev Qahramon Rustamovich

Q.Kenjayev bu kunga qadar Urganch tadbirkorlik va servis kasb-hunar kolleji direktori lavozimida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring