Urganch davlat universiteti qoshida qatag‘on qurbonlari muzeyi ochildi
Muzey fondi professor-o‘qituvchilar, yosh olim va talabalar hamda keng jamoatchilikning faol ishtirokida arxiv hujjatlari, O‘zbekiston markaziy davlat arxivi, Ichan-qal’a muzey fondi materiallari bilan boyitildi.
Muzeydan 1937-yili deportatsiyada Xorazm viloyatiga ko‘chirib keltirilgan koreys diasporasi vakillari bilan hamkorlikda yig‘ilgan materiallar ham o‘rin olgan.
Bu yerda qatag‘on qilingan yurtdoshlarimizning tarixini tadqiq qilish maqsadida ilmiy tadqiqot ishlari, talabalarning bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalarini olib borish yo‘lga qo‘yiladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi respublikadagi boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham muzeylarni tashkil etish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter