Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ularning ba’zilari hozir ichimizda, yig‘ilishda o‘tiribdi» — Sardor Umurzoqov.

«Ularning ba’zilari hozir ichimizda, yig‘ilishda o‘tiribdi» — Sardor Umurzoqov.

Bugungi yig‘ilishda ta’kidlanishicha, birgina Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda bir kunda 4 ta korxonada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Shuningdek, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan «BEAUTY GLASS DECOR» shishani qayta ishlash korxonasining 2 ta shishani qayta ishlash pechida tabiiy gazdan foydalanib kelinmoqda. Kunlik tabiiy gaz iste’moli 7 000 kub metrni tashkil qiladi. Bu iste’molchi kuz-qish mavsumida tabiiy gazdan ajratilishi belgilangan bo‘lishiga qaramasdan, «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali tomonidan tabiiy gaz yetkazib berilayotganligi aniqlangan.

«Bunday holat qolgan barcha hududlarda ham mavjud. Hududlarda har bir korxona va tashkilotlar o‘rganilib, gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanganda, ular tezkor bartaraf etiladi hamda javobgarlik choralari ko‘riladi», — dedi Umurzoqov.

«Bizlarni bu holatga olib kelganlar suvdan quruq chiqib ketmaydi. Ularning ba’zilari hozir ichimizda, yig‘ilishda o‘tiribdi», — dedi Sardor Umurzoqov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring