Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning navbatdagi uchrashuvi, milliy test tizimi, birlashayotgan ikki davlat, maydonda halok bo‘lgan futbolchi va boshqa xabarlar

Shavkat Mirziyoyevning navbatdagi uchrashuvi, milliy test tizimi, birlashayotgan ikki davlat, maydonda halok bo‘lgan futbolchi va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 25-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaning rasmiy xeshtegi qabul qilindi

Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Komil Allamjonov «Facebook»dagi sahifasida ma’lum qildi.

Afg‘oniston bilan bojxona bo‘yicha muhim bitim kuchga kirdi

Bojxona rasmiyatchiligini soddalashtirish, bojxona hujjatlarini tan olish va ikki davlat bojxona idoralari o‘rtasidagi hamkorlik samaradorligini oshirish niyatida axborot almashinuvining elektron vositalarini qo‘llash uchun tomonlar barcha zarur choralarni ko‘radilar.

Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashadi

Yevropa ittifoqining tashqi siyosat idorasi rahbari Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiya hamda «Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi» formatidagi vazirlar yig‘ilishida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev Gretsiya Prezidentini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-mart kuni Gretsiya Respublikasi Prezidenti Prokopis Pavlopulosni Mustaqillik kuni bilan qutladi.

Jamiyat

Ko‘zi ochiq so‘qirlar

Bir kuni oshga bordik. O‘tirib olgach, davradagilar bilan so‘rashdik. Tanish shoir ham o‘tirgan ekan. Shundoq ro‘paramda-yu, meni ko‘rmaganga olayapti, yon tomonimga qarayapti.

Innovatsiya vaziriga yana bir o‘rinbosar tayinlandi

Otabek Nazirov Innovatsiya vazirining Yangi vazir o‘rinbosari tadqiqotlar va moliya-iqtisod sektoriyaga innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan. Vazirlik rahbariyatida aynan shu lavozim vakant bo‘lib turgan edi.

Ta’lim

Milliy test tizimi yaratildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi mutaxassisi «Chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimi» dasturini ishlab chiqdi.

Hodisa

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videodan so‘ng haydovchi jazolandi

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda «Spark» haydovchisi yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga chiqib harakatlangani haqida videolavha tarqaldi.

O‘g‘il uyida fohishaxona ochgan onasini, so‘ngra besh yashar ukasini o‘ldirdi (video)

Turmushidan ajrab, ikki nafar o‘g‘il farzandini bir o‘zi voyaga yetkazayotgan G.T. uyida fohishaxona ochib, oson pul topish yo‘lini tanlaydi. Onasining mazkur xatti-harakati to‘ng‘ich o‘g‘il O.ga yoqmaydi, shu bois ularning o‘rtasida tez-tez kelishmovchiliklar yuzaga kelib turgan.

Toshkentning «jinoiy avtoritet»ligiga da’vo qilgan Abbos Xo‘jayev ishi sudda ko‘rilmoqda

Abbos Xo‘jayev 2017-yilning 13-sentabr kuni soat taxminan 17:00 da ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Mirobod tumani hududida o‘tkazilgan tadbir davomida ushlangan.

Sport

25 yoshli xorvatiyalik futbolchi ko‘krak qismiga to‘p tekkanidan keyin halok bo‘ldi (video)

Xorvatiyada o‘yin vaqtida 25 yoshli yarim himoyachi Bruno Boban hayotdan ko‘z yumdi.

Futbol ishqibozlari uchun eslatma: Yevropa yozgi vaqtga o‘tdi

Bugun, 25-mart kuni Yevropa yana yozgi vaqtga qaytdi va biz bilan vaqt farqi bir soatga qisqardi.

Iqtisodiyot

Deputat: O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 47 hujjat imzolangan

O‘zbekiston har doim qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish tarafdori bo‘lib kelgan. Imzolangan hujjatlardan 17 tasi siyosiy va xavfsizlik masalalariga taalluqli ekani ham buni tasdiqlaydi.

Texnologiya

«Telegram» bir qator foydali funksiyalar bilan boyidi

Messenjerning bu yangi talqinini «Android» hamda «iOS» operatsion tizimlari foydalanuvchilari smartfon yoki planshetlariga yuklab olishlari mumkin.

Dunyo

Kataloniyaning sobiq rahbari Germaniyada qo‘lga olindi

Germaniyada Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon hisbga olindi. Siyosatchini ushbu mamlakat chegarasida ushlashdi.

Moldova va Ruminiya birlashadimi? Tarafdorlar miting boshladi

Namoyish qatnashchilari orasida Ruminiyaning sobiq prezidenti Trayan Beseku, Kishinyov sobiq meri Dorin Kirtoake, Moldova liberal partiyasi rahbari Mixalil Gimpu, prezidentlik uchun talabgor bo‘lgan «Birlik va birdamlik» partiyasi rahbari Maya Sandu va bir qator aholi punktlari merlari bor.

Hirotdagi masjidda portlash yuz berdi

Mahalliy «Tolonews» telekanalining xabar berishicha, portlash viloyatning ma’muriy markazi bo‘lmish Hirot shahridagi «Nabiy Akram» jome masjidida sodir etilgan. Politsiyaning so‘zlariga ko‘ra qurbonlar soni ortishi mumkin.

Turkmanistonda parlament saylovi nihoyasiga yetdi

Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotiga ko‘ra ovoz berish jarayoni nihoyasiga yetishiga 2 soat qolganda saylovchilarning 86,34 foizi ovoz berib bo‘lgan. Mamlakatda jami 3,2 million saylovchi ro‘yxatga olingan.

Tavsiya qilamiz

Ovqatxo‘rlik — kamchiligimizmi yoki ustunligimiz?

Hamma gap-so‘z rekord palov tayyorlangandan keyin boshlandi. Kuni kecha Namanganda Navro‘z tarixidagi eng katta – 5 tonnalik sumalak tayyorlanganidan so‘ng yanada avj oldi.

«Na chin musulmonmiz, na kofir tamom...»

Bugun kechasi bilan uxlaganim yo‘q, yo‘l yurib charchab keldim, lekin shu ikki kun ichida xayolimdan o‘tgan fikrlarimni yozmasam, shu voqealarga o‘z pozitsiyamni aytmasam, o‘zimni kechirmas edim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring