Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tuxum eksporti uchun cheklov joriy etildi

Tuxum eksporti uchun cheklov joriy etildi

O‘zbekistonda tuxum eksporti uchun vaqtinchalik cheklov joriy etildi. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yilning sentyabr-dekabr oylarida respublika bo‘yicha tuxum narxi 19,6 foizga, ayrim hududlarda esa 20-22 foizgacha qimmatlashdi. Yilning qish mavsumida ushbu mahsulot narxiga qo‘shimcha bosim yuzaga kela boshlaydi.

Tuxum narxining oshishiga qish oylarida isitish xarajatlari oshishi va parrandachilik xo‘jaliklarida kasalliklarning avj olishi, tuxum berishga moslashgan tovuqlarning mavsumiy yangilanishi, ozuqa mahsulotlarining qimmatlashishi hamda kuz mavsumidan boshlab ushbu mahsulotga talabning ortib borishi (boshqa oylarga nisbatan 20-30 foizga oshadi) ta’sir ko‘rsatdi.

Bundan tashqari parrandachilik xo‘jaliklarida ozuqa bazasining yetishmasligi bilan bog‘liq muammolar sababli ko‘plab xo‘jaliklardagi parrandalar soni umumiy hisobda 1 milliondan ortiq miqdorga kamaygan.

Global pandemiyaning davom etayotganligini, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining aholining xarid qobiliyatiga ta’sirining yuqoriligi, shuningdek ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashning muhimligini inobatga olgan holda tuxum eksportiga nisbatan kiritilgan cheklov vaqtinchalik chora bo‘lib hisoblanadi.

Shu bilan birga, vazirlik iqtisodiyotda to‘liq bozor mexanizmlarini joriy qilish, tadbirkorlik sub’yektlari uchun cheklovlarni keskin kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va bu vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi, — deyiladi vazirlik izohida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring