Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turmush o‘rtog‘ining alamini farzandidan olgan ayolga ish ochildi

Turmush o‘rtog‘ining alamini farzandidan olgan ayolga ish ochildi

Foto: Qoraqalpog‘iston prokuraturasi.

Joriy yilning 27-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali ayol kishining turmush o‘rtog‘iga haqoratli so‘zlarni aytib, farzandini urib haqorat qilganligi haqidagi video material tarqalgan.

Aniqlanishicha, 19-iyul kuni Qorao‘zak tumani, Qutli makon MFYda yashovchi fuqaro P.J. Qozog‘iston Respublikasida ishlab yurgan turmush o‘rtog‘i K.S. bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik natijasida, voyaga yetmagan farzandi T.J.ga tazyiq o‘tkazib, uni haqorat qilganligi tasvirlangan videoni turmush o‘rtog‘i K.S.ga telegram messenjeri orqali yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan 27.07.2023-yilda Qorao‘zak tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan fuqaro P.J.ga nisbatan JKning 110-moddasi 2-qismi «a» bandi (voyaga yetmagan shaxsni muttasil ravishda do‘pposlash yoki boshqacha harakatlar bilan qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, xozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, mazkur oilada tarbiyalanayotgan uch nafar voyaga yetmaganlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash maqsadida tuman prokuraturasi tomonidan ularning holidan xabar olinib, maktabgacha va maktab ta’limi hamda ichki ishlar organlarining psixolog xizmati xodimlari jalb qilindi.

Hozirda voyaga yetmaganlar Qozog‘iston Respublikasidan qaytib kelgan otasi K.S.ning qaramog‘iga topshirildi.

Jinoyat ishi tergovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring