Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Turkiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori Halilillo To‘raxo‘jayev turkiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Agentlikning Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi bu haqda «Xabar.uz»ga ma’lum qildi. Tadbir Turkiya rivojlanish va muvofiqlashtirish agentligi bilan hamkorlikda tashkillashtirildi.

H.To‘raxo‘jayev mehmonlarni O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar, ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yo‘lida taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar bilan tanishtirarkan, Agentlikning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, tadbirkorlarga va aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga ham to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, O‘zbekistonda xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartib soddalashtirildi, Davlat xizmatlari markazlarining zamonaviy binolarini qurish uchun investorlarga imtiyozlar berilmoqda.

Turkiyalik ishbilarmonlar xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirib, O‘zbekistondagi qulayliklar haqida  o‘z vatanlariga qaytganilarida boshqa ishbilarmonlarga albatta yetkazishlarini qayd etdilar.

Agentlik direktori ham tashkilot o‘z vakolati doirasidagi sohalarda muloqot va hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring