Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyalik deputat o‘zbekistonlik qizga tajovuz qilgani aytilmoqda

Turkiyalik deputat o‘zbekistonlik qizga tajovuz qilgani aytilmoqda

Foto: Zarnews

Turk deputati Shirin Unalning uyida o‘z joniga qasd qilgan o‘zbekistonlik Nodira Qodirovaning dugonasi Laylo Niyozova Turkiyaning «Jumhuriyat» gazetasiga telefon orqali marhuma bilan so‘nggi suhbatida nima haqida gaplashganini so‘zlab berdi.

«22-sentyabrdan 23-sentyabrga o‘tar kechasi dugonam Nodira menga qo‘ng‘iroq qildi. Biz ikki soat davomida gaplashdik. U tinmay yig‘lab, hamma narsadan charchaganini, to‘yib ketganini bot-bot takrorladi. Hatto o‘z joniga qasd qilishini ham aytib o‘tdi.

Shunda men qo‘ymay sababini so‘raganimda, ikki hafta oldin yotgan xonasiga xo‘jayini kirib, eshikni ichkaridan qulflab unga yopishganini va xo‘jayinning to‘pponchasini o‘qi bilan topib olganini aytdi.

Dugonamning bu gaplarini hazilga yo‘ydim. Bunaqa bo‘lishi umuman xayolimga ham kelmagandi», — dedi Laylo Niyozova.

Xabarda aytilishicha, qizning o‘lganiga ikki kun bo‘lishiga qaramay, politsiya hamon Laylo Niyozovadan ko‘rsatma olmagan. Shuningdek, sud-tibbiy ekspertizasi ham bir kunda tamomlangan.

Nodira Qodirova kecha, 26-sentyabr kuni O‘zbekistonda dafn qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Shirin Unalning uyida 1 yildan beri ishlab kelayotgan 23 yoshli o‘zbekistonlik Nodira Qodirovaning o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring