Turkiyaga qo‘shimcha guruh yuborildi

Turkiyaga 71 kishidan iborat qo‘shimcha qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlari guruhi yetkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan mamlakatimiz maxsus borti zilzila oqibatida jabrlanganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish maqsadida Turkiyaning Gaziyantep shahriga yetib bordi.
Bortda umumiy soni 71 kishidan iborat qo‘shimcha qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlari guruhi bilan bir qatorda, navbatdagi gumanitar yordam partiyasi ham yetkazildi.
Jabrlanganlarga yordam berish maqsadida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tibbiy otryadining 50 nafar xodimi xizmat qiladigan bir gektar maydonga to‘qqizta alohida bo‘linmadan iborat ko‘chma shifoxona majmuasini joylashtirish rejalashtirilgan.
Ushbu dala shifoxonasi barcha zarur tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar bilan to‘liq ta’minlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter