Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyadan Suriyaga qancha odam qaytgani ma’lum bo‘ldi

Turkiyadan Suriyaga qancha odam qaytgani ma’lum bo‘ldi

Damashqda hokimiyat Bashar Asaddan Suriya qurolli muxolifatiga o‘tganidan so‘ng Turkiyadan Suriyaga 25 mingdan ortiq suriyalik qochqin qaytdi, dedi Turkiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Erlikaya. Undan G‘arb OAVlari iqtibos keltirmoqda.

“Oxirgi 15 kun ichida Suriyaga qaytganlar soni 25 mingdan oshdi”, dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Damashq va Suriyaning boshqa shaharlarida Turkiyaning diplomatik vakolatxonalarida migratsiya bo‘limlari ochiladi, ular qochqinlarning o‘z vatanlariga keyingi qaytishiga yordam beradi. 

2011-yilda Suriyada mojaro boshlanganidan beri millionlab suriyaliklar Turkiya chegarasini kesib o‘tdi va hozirda Turkiya hududida 3 millionga yaqin qochqin bor.

8-dekabr kuni Suriyadagi qurolli muxolifat Damashqni qo‘lga kiritgani va o‘tish davri hukumatini tuzayotganini e’lon qildi.

14-dekabr kuni Turkiya elchixonasi 2012-yildan beri uzoq tanaffusdan so‘ng Suriyadagi faoliyatini qayta tikladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring