Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

So‘nggi paytlarda Turkiyada soxta 50 va 100 dollarlik kupyuralar tarqalish holatlari kuzatilmoqda.
Shu munosabat bilan, valyutani sotib olishda, qabul qilishda diqqatli bo‘ling va quyidagilarga e’tibor bering:
- dollarni faqat bank yoki litsenziyali valyuta ayirboshlash joylarida qabul qiling;
- ayniqsa, katta miqdordagi dollarni qabul qilganingizda, tekshiruv uskunalaridan foydalaning;
- qo‘lma-qo‘l pul ayirboshlashdan saqlaning.
Qonunchilik va huquqiy maslahatlar:
- soxta kupyuralarni qabul qilish yoki tarqatish qasddan amalga oshirilsa, Turkiya qonunchiligida og‘ir jazo belgilangan;
- agar shubhali kupyuralarga duch kelsangiz, zudlik bilan mahalliy politsiya yoki konsulxonaga murojaat qiling, deyiladi Bosh konsulxona xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter