Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya Prezidenti O‘zbekiston xalqi va Prezidentini tabrikladi

Turkiya Prezidenti O‘zbekiston xalqi va Prezidentini tabrikladi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga Muhtaram Prezident janoblari, aziz qardoshim!

Ildizi uzoq asrlarga borib taqaluvchi mushtarak an’analarimizdan biri bo‘lgan, bahor va yangi boshlanish suyunchisini keltiruvchi, qardoshlik, tinchlik, birlik va birdamlik timsoli bo‘lmish Navro‘z bayrami munosabati bilan Siz Janobi Oliylarini va do‘st, qardosh O‘zbekiston xalqini turk xalqi va shaxsan o‘z nomimdan chin dildan muborakbod etaman.

Tabiat uyg‘onishi orqali qalblarda o‘zaro anglashuvni, muloqotni, hamjihatlikni mustahkamlovchi Navro‘z bayrami har yili bo‘lgani kabi bu yil ham Bolqonlardan tortib O‘rta Sharqqacha, Anado‘ludan Markaziy Osiyogacha bo‘lgan keng qamrovli mintaqada jo‘shqin ravishda nishonlanadi.

SOVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq ushbu murakkab davrda Navro‘z bayrami nafaqat mamlakatlarimiz va mintaqamizga, balki butun bashariyatga sihat-salomatlik, halovat va tinchlik olib kelishini tilayman.

Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga sog‘lik, baxt va muvaffaqiyat, do‘st va qardosh O‘zbekiston xalqiga farovonlik va omonlik tilab qolaman, deydi Turkiya Prezidenti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring