Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti 241 nafar xorijiy jurnalist tomonidan yoritib boriladi (foto)
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitini yoritish jarayonlarida ishtirok etish uchun xorijiy va mahalliy jurnalistlar Samarqand shahriga yetib kelmoqda.
Xabar.uz muxbiri tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu sammitni yoritish jarayonida 241 nafar xorijiy va 330 nafar mahalliy OAV vakillari ishtirok etyapti. Tadbir doirasidagi barcha brifinglar jonli efirda uzatib borilmoqda.
Sammitni yoritib borish uchun maxsus media markazlar tashkil etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti 10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Sammitda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo davlatlar sifatida, Turkmaniston va Vengriya kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter