Turizm va madaniy meros vaziriga biryo‘la uchta o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq Turizm va madaniy meros vaziriga uchta o‘rinbosar tayinlandi. Jumladan:
Baxtiyor Ibragimov — turizm va madaniy meros vazirining xalqaro turizmni rivojlantirish, ichki va ziyorat turizmi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Tashqi ishlar vazirligida departament direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Nusratilla Zikrillayev — turizm va madaniy meros vazirining investitsiyalar, turizm klasterlari va litsenziyalash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi vazifasida ishlagan.
Botirjon Shahriyorov — turizm va madaniy meros vazirining ommaviy tadbirlar va madaniy meros masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Buxoro viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter