Tuman markazidan 380 kilometr olisda davlat xizmatlari qanday ko‘rsatilyapti?
«Qoraqalpog‘iston» qishlog‘ining yana 38 nafar oilasi yashab turgan, ammo kerakli tartibda rasmiylashtirilmagan imoratlariga mulk huquqini e’tirof etuvchi hujjatni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.
«Qoraqalpog‘iston» qishlog‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumani markazidan 380 kilometr masofada joylashgan. Aynan bu yerda birinchilardan bo‘lib tajriba tariqasida Davlat xizmatlari markazining filiali ochilgan edi.
Bu filial barcha fuqarolarimiz — joylashgan joyi va yetib borish qiyinligidan qat’i nazar, davlatimiz e’tiborida ekanligidan dalolat. Davlat xizmatlari markazlari xodimlari esa doimo tezkor va hech qanday byurokratik to‘siqlarsiz xizmatlar ko‘rsatishga tayyor turishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter