Tug‘ilish yuqori va past bo‘lgan viloyatlar nomi ma’lum qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilning 9 oyi davomida FHDYo organlarida 614,7 ming nafar tug‘ilganlik (tirik tug‘ilgan) holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,9 ming nafarga ko‘p.
Tug‘ilganlik holatlari hududlar bo‘yicha tahlil etilganda eng ko‘p tug‘ilishlar soni Samarqand viloyatida (74,4 ming nafar), eng kam Sirdaryo viloyatida (15,6 ming nafar) qayd etilganligi kuzatildi.
Ushbu ko‘rsatkich aholi soniga nisbatan tahlil qilinganda Surxondaryo viloyatida eng ko‘p, ya’ni har ming nafar aholiga 28 ta chaqaloq to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasida eng kam, ya’ni har ming nafar aholiga 20 ta chaqaloq to‘g‘ri kelganligi kuzatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter