Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toza asalni qanday farqlash mumkin? Mutaxassisdan oddiy maslahat

Toza asalni qanday farqlash mumkin? Mutaxassisdan oddiy maslahat

Foto: «Jcer.info»

Asalning shifobaxsh xususiyatlari haqida ko‘p eshitganmiz. Ayniqsa, qish mavsumida vitaminlarga boy bu mahsulotga talab oshadi. Asalning shifobaxshligi uning tozaligiga bog‘liq. Afsuski, bozorlarimiz rastalari faqat toza asal bilan to‘lmagan. Ular orasida qiyomlari yoki qiyom aralashlari ham ko‘p. Bunday sharoitda toza asalni qiyomdan farqlab xarid qilishga to‘g‘ri keladi. Ammo toza asalni qanday farqlash mumkin? Buning sodda usullari bormi?

Bu haqda respublika asalarichilari uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan 2017-yildagi  tanlovda eng sifatli asal nominatsiyasi g‘olibi Sarvar Murodov bir nechta maslahatlarni beradi:

  • Birinchidan, toza asalga diqqat bilan qarasangiz, tarkibida mayda zarralarni ko‘rasiz. Bu – gulchang zarralari. Qiyomda esa bunday zarralar bo‘lmaydi. Bundan tashqari, asl asalni tatib ko‘rganingizda turli gullar hidi ufurib turadi.
  • Ikkinchidan, asal tarkibida organik kislotalari borligi uchun biroz tomog‘ingizni qirganday, achishtirganday bo‘ladi. Qiyom esa bunday xususiyatga ega emas.
  • Uchinchi  farq esa, asalni bir qoshiqqa solib cho‘zasiz, normal haroratda toza asal cho‘ziluvchan bo‘ladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring