Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentlik Ra’no Jo‘rayeva Rossiyaning eng yirik aviatsion va kosmik xoldingiga rahbar bo‘ldi

Toshkentlik Ra’no Jo‘rayeva Rossiyaning eng yirik aviatsion va kosmik xoldingiga rahbar bo‘ldi

Ra’no Jo‘rayeva.

Foto: «s7space.ru»

Asli toshkentlik Ra’no Jo‘rayeva «S 7 Kosmik Transport Tizimlar» (S7 Space) MChJning bosh direktori lavozimiga tayinlandi. Kompaniya direktorlar kengashining qarori haqida xolding matbuot xizmati xabar berdi.

Ra’no Jo‘rayeva – ushbu sohaning eng kuchli menejerlaridan biri. «S7 Group» aviatsiya-kosmik xoldingiga o‘tishidan avval u bir necha yil davomida «Roskosmos»ning «Yer usti kosmik infratuzilmasi ob’yektlarini ekspluatatsiya qilish markazi»ni boshqargan. Shuningdek, «Eyrport Menedjment Kompani Ltd»ning biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori lavozimida Domodedovo aeroport kompleksini rivojlantirishga doir loyihalarni amalga oshirgan.

«Kosmik faoliyatning tijoratlashuvi – global trend. Mamlakat rahbariyati va «Roskosmos» kosmos rivojini aynan shunda ko‘rmoqda. «S7 Group» 20 yildan ortiq vaqt davomida biznesning eng murakkab texnologik turlaridan birida – ichki va tashqi aviatashuvlarda barqaror hamda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ishonchim komilki, bunday ilg‘or va g‘ayratli jamoa dasturni amalga oshirishga mas’uliyat bilan yondashadi. Mening fuqarolik aviatsiyasidagi ko‘p yillik tajribam – kompaniya biznes-strategiyasini shakllantirishda va uni ro‘yobga chiqarishda yordam beradi, deb umid qilaman», — degan Ra’no Jo‘rayeva.

Ma’lumot o‘rnida: «S7 Group» – Rossiyaning eng yirik xususiy aviatsion va kosmik xoldingi hisoblanadi. U aviatashuvlar, texnik xizmat ko‘rsatish, kosmik kenglikdan foydalanishga oid faoliyat olib boruvchi kompaniyalarni birlashtiradi. «S7 Space» Rossiya Federatsiyasida kosmik faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring