Toshkentdagi yuzdan ortiq ko‘p qavatli bino noqonuniy qurilgan — bosh arxitektor
Bu haqda Toshkent shahri bosh arxitektori Nuriddin Sagatov AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
«Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida ko‘p kvartirali uy-joylar qurish holatlari ortib bormoqda. Oqibatda qurilgan ko‘p kvartirali uylardagi muhandislik kommunikatsiyalari tizimiga salbiy ta’sir o‘tkazib, ayrimlarini quvvati yetmay, ayrimlari esa turli xil avariya holatlari kelib chiqmoqda.
2020-yilda xatlov o‘tkazilganda 100 dan ortiq yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida yakka tartibda uy-joy qurmasdan uch va undan ortiq qavatli (ko‘p kvartirali) uy-joylar qurilgani aniqlangan. Buning oqibatida, shu uylar atrofidagi aholining noroziligi, kommunal sohadagi muammolar ortib bormoqda.
Yangi tahrirdagi Shaharsozlik kodeksida yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarda ikki va undan ortiq bo‘lgan ko‘p kvartirali uylarni qurish taqiqlandi», deydi Nuriddin Sagatov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter