Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi fohishabozlikka qarshi tadbirda Afg‘oniston fuqarolari ushlandi

Toshkentdagi fohishabozlikka qarshi tadbirda Afg‘oniston fuqarolari ushlandi

Foto: «GUVD.uz»

2017-yilning 28-dekabrdan 29-dekabr kuniga o‘tar kechasi, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotgan ayollarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent ShIIBB xabar berdi.

Mazkur tadbir davomida 1987-yilda tug‘ilgan J.R.M. va 1997-yilda tug‘ilgan J.S.J. Yunusobod tumani hududida joylashgan «AURUM» tungi klubiga kirib, shu yerda fohishalik bilan shug‘ullanish maqsadida mijozlar — Afg‘oniston Respublikasi fuqarolari 1989-yilda tug‘ilgan X.S.S. va 1987-yilda tug‘ilgan X.A.O. bilan tanishib, ular bilan jinsiy aloqa qilish uchun Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan xonadonga borganliklari aniqlangan.

Tekshiruv davomida J.R.M. Surxondaryo viloyatida, J.S.J. esa Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda bo‘lsalar-da, Toshkent shahriga kelib, fohishalik bilan shug‘ullanganliklari ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 190 va 223-moddalariga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, Afg‘oniston Respublikasi fuqarolariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 225-moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring