Toshkentdagi ko‘chaning bir qismi yopildi
Yo‘l ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan 3-noyabr kuni soat 00:00 dan – 4-noyabr kuni soat 11:00 ga qadar Islom Karimov ko‘chasining Sharof Rashidov ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi transport harakatlanishi uchun vaqtincha yopiladi. Bu Senatning yangi binosida (avvalgi Tashqi ishlar vazirligi binosi) olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlari tavsiya etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter