Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi ilk yarimmarafon g‘olibi 12 million so‘mga ega bo‘ladi

Toshkentdagi ilk yarimmarafon g‘olibi 12 million so‘mga ega bo‘ladi

Avvalroq joriy yilning 24 mart kuni poytaxtimizda birinchi Toshkent xalqaro yarimmarafoni bo‘lib o‘tishi haqida xabar qilgan edik.

Marafon ishtirokchilari ikkita masofaga yugurishlari mumkin bo‘ladi — 21,097 km (yarimmarafon) va 5 km.lik yo‘ldosh yugurish.

Yarimmarafon soat 9:00 da boshlanib, markaziy ko‘chalar bo‘ylab o‘tadi. Start va finish Afrosiyob hamda Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasida («Xumo arena» muz saroyi yaqinida) joylashadi.

Belgilangan vaqt (3 soat) ichida finishga yetib kelgan ishtirokchilar esdalik sovg‘alarni qo‘lga kiritishadi. Yarimmarafon masofasida mutlaq hisobda 1-8 o‘rinni egallagan ayollar va erkaklar 12 mln. so‘mgacha bo‘lgan pul sovrinlari bilan taqdirlanadi. 5 km.lik masofaga yuguruvchilar o‘rtasida 1-6 o‘rinlarni egallagan qatnashchilar uchun 500 mingdan 2 mln.so‘mgacha bo‘lgan pullik mukofotlar ko‘zda tutilgan.

Ushbu sport bayramida yoshi 15 dan oshgan (5 km.lik masofa uchun) hamda yoshi 18 dan oshgan (Yarimmarafon masofasida) barcha xohlovchilar qatnashishlari mumkin.

Ishtirok etish qoidalari bilan batafsil tanishish va ro‘yxatdan o‘tish uchun ushbu havola orqali o‘tish mumkin. Elektron arizalar qabuli 20 mart kuni soat 18:00 gacha uzaytirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring