Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda zakot va boshqa xayriya mablag‘larini o‘tkazish uchun infokioskalar o‘rnatildi

Toshkentda zakot va boshqa xayriya mablag‘larini o‘tkazish uchun infokioskalar o‘rnatildi

Foto: «vakillik.uz»

«Vaqf» xayriya jamoat fondi Toshkent shahridagi 12 ta masjidga hamda Zangiota majmuasiga tijorat banklari bilan hamkorlikda xayriya, vaqf, zakot, ushr, fitr va fidya to‘lovlarni amalga oshirish uchun infokioskalar o‘rnatdi. Bu haqda O‘MI Matbuot xizmati xabar berdi.

«Kapitalbank» va «Ipak yo‘li banki» bilan hamkorlikda poytaxtning 12 ta masjidiga naqd pul yoki plastik karta orqali doimiy to‘lovlar bilan birgalikda musulmonlarga farz bo‘lgan zakot va boshqa xayriya to‘lovlarini amalga oshirish uchun infokioskalar o‘rnatdi.

Infokioskalar o‘rnatilgan masjidlar ro‘yxati:

  1. Hazrati Imom masjidi
  2. Minor masjidi
  3. Shayx Zayniddin masjidi
  4. Mirza Yusuf masjidi
  5. Novza masjidi
  6. Shayx Ziyoviddin masjidi
  7. Bo‘rijar masjidi
  8. Abdulloh ibn Mas’ud masjidi
  9. Katta Qozirabot masjidi
  10. Imom Buxoriy masjidi
  11. Rakat masjidi
  12. Xo‘ja Alambardor masjidi

Bundan tashqari, Toshkent viloyatidagi Zangiota majmuasida ham infokioska o‘rnatilgan.

Infokioskalar orqali zakot va boshqa mablag‘larni o‘tkazish tartibi:

  • Kerakli tillardan birini tanlab, to‘lov xizmatlari tugmasi bosiladi. Sizga turli to‘lov xizmatlari, jumladan, «VAQF Xayriya», «VAQF zakot, fidya, fitr, ushr» va «VAQF vaqf» xizmatlari ham taklif etiladi. Kerakli bo‘limni tanlab bank kartasi yoki naqd pul bandlaridan biri tanlanadi. Kerakli summa kiritiladi. Shu bilan to‘lov «Vaqf» xayriya jamoat fondining kerakli bo‘limiga kelib tushadi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring