Toshkentda yo‘lovchilar xavfsizligi uchun yangi loyihaga qo‘l urildi

Amir Temur ko‘chasining Moliya instituti oldidagi piyodalar o‘tish joyiga yangi konstruksiya o‘rnatildi. Unga miltillovchi sariq ishorali svetofor, tunda aniq ko‘rinishi uchun yorug‘lik diodli yo‘l belgilari o‘rnatildi. Shuningdek, piyodalar o‘tish joyining yoritilishini kuchaytirish uchun qo‘shimcha chiroqlar joylashtirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, bunday konstruksiya respublikamizda hususan, Toshkent shahrida ilk bor tatbiq etilmoqda. Mazkur qulaylik hududda harakat xavfsizligi faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter