Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda katta miqdordagi iste’mol muddati o‘tgan sariyog‘ savdosiga chek qo‘yildi

Toshkentda katta miqdordagi iste’mol muddati o‘tgan sariyog‘ savdosiga chek qo‘yildi

Foto:«Studentet.mk»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Uchtepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda ma’lum bo‘lishicha, fuqaro J.Sh. YaTT «A.B»ning muhridan foydalanib, uning nomidan soxta yuk-xatini tayyorlab, Litva davlatida ishlab chiqarilgan, iste’mol qilish muddati o‘tgan jami 550 kg. sariyog‘ni har bir kilogrammini 56,0 ming so‘mdan hisoblab 30,8 mln. so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Tadbir jarayonida, J.Sh.ning ko‘rsatmasi bo‘yicha Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan «Z-T» MChJ omborxonasi ko‘zdan kechirilganda Litva davlatida ishlab chiqarilgan iste’mol qilish muddati o‘tgan jami 22.450 kg sariyog‘ mavjudligi shuningdek, «I-F» MChJ tomonidan mazkur omborxonadan 625 kg. sariyog‘ «O‘rikzor» savdo majmuasi hududida savdoga qo‘yilganligi aniqlangan.

Shuningdek, o‘tkazilgan laboratoriya tahlili natijalariga ko‘ra ushbu sariyog‘ mahsulotlari iste’molchilarning hayoti va xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan.

Tadbir yakuni bo‘yicha, umumiy narxi 1,3 mlrd. so‘mlik jami 23.625 kg iste’mol qilish muddati o‘tgan sariyog‘ mahsulotlari olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan J.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring