Toshkentda Xalqaro sog‘liqni saqlash xizmatlari markazi ochildi

Toshkent shahrida Turkiyaning Medipol Global Xalqaro sog‘liqni saqlash xizmatlari markazining ochilish marosimi bo‘ldi. Unda shifokorlar va tibbiyot sohasi vakillari ishtirok etdi. Ushbu tashkilot Istanbuldagi Medipol universitetining bir bo‘lagi hisoblanib, o‘zining yuqori malakali professorlari va zamonaviy davolash texnologiyalari bilan ham mashhur.
Ushbu markazning ochilishi Turkiyalik va mahalliy shifokorlarning o‘zaro tajriba almashishlari, bemorlar uchun konsiliumlar tashkil etish, ilmiy ishlar, yangi joriy etilayotgan davolash usullari va texnologiyalarni yurtimizda joriy etilishida xizmat qiladi.
Aytish lozimki, O‘zbekistonda tibbiyotni rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan biri aholining barcha qatlamlari uchun tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishdan iborat. Hukumat sog‘liqni saqlash muassasalarining butun mamlakat bo‘ylab teng taqsimlanishini ta’minlash va chekka hududlarda tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash majburiyatini oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter