Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda viloyat mashinasi to‘xtatildi. Poytaxt IIBB izoh berdi

Toshkentda viloyat mashinasi to‘xtatildi. Poytaxt IIBB izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Viloyatlik bo‘lganin uchun to‘xtatdingizmi?!» sarlavhali tarqalgan videoga Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Xabarga ko‘ra, 2021 yil 6 avgust kuni taxminan soat 15:00 da Uchtepa tumani Lutfiy ko‘chasida «Xavfsiz poytaxt» maxsus tadbiri davomida Toshkent shahar IIBB xodimlari 36 yoshli N.K. boshqaruvidagi “Nexia-2” (davlat raqami 50 V 526 RA) avtomobilini to‘xtatishgan.

Haydovchining roziligi bilan xolislar guvohligida transport vositasining yukxonasi tekshirilgan. Tekshiruv yakunlangach, haydovchidan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.

N.K. tekshiruvdan noroziligini aytib, shoshib turganini bildirgan. Videoda haydovchi uning avtomobilining davlat raqamlari viloyatga tegishli bo‘lganligi sababli to‘xtatilgani haqida fikr bildirgan.

«Bu fikr o‘rinsiz va xatodir: Toshkent shahar IIBB manbalarida poytaxt avtomobillari haydovchilari tekshirilganliklari haqida yuzlab xabarlar mavjud. Biz ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan turar-joy bo‘yicha kamsitish holatlari to‘g‘risidagi xabarlarni qo‘llab-quvvatlamasliklarini so‘rab qolardik: bunday fikrlar mualliflarning komplekslaridan yoki ushbu mavzuni ko‘tarib mashhur bo‘lish niyatidan kelib chiqadi», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring