Toshkentda «Vatanparvar»ga tegishli korxona rahbari qo‘lga tushdi
Mirobod tumanida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan o‘quv tashkiloti rahbari ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Mirobod tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Vatanparvar» tashkiloti «Chilonzor o‘quv sport texnika klubi» unitar korxonasi boshlig‘i F.E. fuqaro J.ga «S» toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun 3 oylik o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmasdan, o‘qiganlik haqidagi guvohnomani tayyorlab berishi evaziga dastlab, 1,5 so‘mni qo‘lga kiritib, qolgan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar biln ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og‘dirib olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter